French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bo‘lg‘usi jurnalistlarning jismoniy tayyorgarligi nazoratdan o‘tkazildi
10:29 / 2024-05-06

Mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sportni yanada rivojlantirish, ularni ommaviy harakatga aylantirish, aholining jismoniy qobiliyatini aniqlash va rag‘batlantirish, zararli odatlar hamda turli kasalliklarning oldini olish va sog‘lom turmush tarzi ko‘nikmalarni shakllantirish maqsadida “Jismoniy tayyorgarlik darajasi” sport sinovlari o‘tkazilmoqda.

Shunday tadbirlardan biri O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida tashkil etildi. Unda 300 nafarga yaqin talaba-yoshlar ishtirok etdi.  

– Davlatimiz rahbarining “Aholining jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash tizimini joriy etishning tashkiliy chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan universitetimizda o‘tgan tadbir chinakam sport bayrami ko‘rinishini oldi, – dedi universitetning Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i Umid Rajabov.  

Sport va san’at, madaniyat, adabiyot hamisha hamohang. O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida o‘tkazilgan mazkur tadbir davomida taniqli jurnalistlar, adabiy munaqqidlar bilan suhbatlar uyushtirildi.  

Jamiyatda yuz berayotgan o‘zgarish va yangiliklar xususida fikrlashildi. Shoir Sirojiddin Rauf bilan o‘tkazilgan muloqot esa “Jismoniy tayyorgarlik darajasi” sport sinovlarini qabul qilish tadbiriga o‘zgacha shukuh bag‘ishladi.  

 

T.Ro‘ziyev,  

O‘zA