Bolgariyalik fermerlar norozilik namoyishlarini o‘tkazishmoqda (+video)
Fermerlar norozilik belgisi sifatida parlament binosi oldiga sut mahsulotlarini to‘kishmoqda.
Ular shu tarzda o‘zlarining noroziliklarini bildirishmoqda. Xabaringiz bor Ukrainadagi urush tufayli ukrainalik fermerlar yetishtirgan qishloq xo‘jalik mahsulotlari Yevropa mamlakatlari bozorlariga bojsiz va cheklovlarsiz kirib borgan. Bu esa mahalliy fermerlarning mahsulotlariga bo‘lgan talabning pasayishiga olib kelgan. Bundan oldin Fransiya va Germaniyalik fermerlar ham aynan shu muammo sabab ko‘plab namoyishlar uyushtirishgan edi. Bolgariyalik fermerlar ham o‘z talablarida hukumatdan raqobatdan himoya qilishni so‘rashmoqda. Shuningdek, Bolgariya qishloq xo‘jaligi vaziri Kiril Vatevning iste’fosini talab qilishmoqda.
<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/OCCJCj8LO-I" title="Bolgariyalik fermerlar norozilik namoyishlarini o‘tkazishmoqda" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>