Bolgariyada kokainning rekord partiyasi musodara qilindi
Bolgariya harbiylari“Kapitan-Andreyevo” chegara punktida mamlakat hududiga kirib kelayotgan diplomatik avtomashinani tekshirish chog‘ida 205,94 kilogramm qoradori olib ketayotgan shaxslarni qo‘lga oldi, deb xabar tarqatdi BTA axborot agentligi.
Ta’kidlanishicha, giyohvand moddalar beshta jamadonga solingan. Diplomatik vakildan tashqari Belgiya fuqaroligiga ega ayol va mashinani boshqarayotgan bolgariyalik ham hibsga olingan.

Sud ma’lumotlariga ko‘ra, musodara qilingan giyohvand moddalarning umumiy qiymati taxminan 22,4 million AQSH dollarni tashkil etadi.
S.Rahimov, O‘zA