Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bolgariya Prezidentini tantanali kutib olish marosimi bo‘ldi
11:38 / 2025-06-10

10 iyun kuni Ko‘ksaroy qarorgohida mamlakatimizga rasmiy tashrif bilan kelgan Bolgariya Respublikasi Prezidenti Rumen Radevni rasmiy kutib olish marosimi bo‘ldi.

Qarorgoh oldidagi maydonda ikki mamlakat davlat bayroqlari ko‘tarildi, faxriy qorovul saf tortdi.

Prezidentimiz oliy martabali mehmonni samimiy qarshi olib, shohsupaga taklif etdi.

Davlat madhiyalari yangradi. Harbiy orkestr sadolari ostida yetakchilar faxriy qorovul safi oldidan o‘tib, rasmiy delegatsiyalar a’zolarini qutladilar.

Birgalikda suratga tushishdan so‘ng davlat rahbarlarining delegatsiyalar ishtirokidagi muzokaralari boshlandi.