English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bolgariya Prezidenti iste’foga chiqadi
10:59 / 2026-01-20

Bolgariya Prezidenti Rumen Radev 20 yanvar kuni iste’foga chiqish niyatini oshkor qilib, vitse-prezident Iliana Yotova “munosib yetakchi vazifasini bajarishi”ga ishonch bildirdi.

- Avvalo, kechirim so‘ramoqchiman, - dedi Prezident. - Vaqt ishonchni sinovdan o‘tkazadi, sabr-toqatingiz uchun minnatdorlik izhor etaman. Xatolarimni tan olaman, nimaga erisha olmaganimni ham anglaganman. Baribir, muvaffaqiyatga erishishimizga ishonch qarorimning asosiy sababidir.

Rumen Radev 2017 yil 22 yanvardan beri Bolgariya Prezidenti, 2021 yil ikkinchi muddatga saylangan. Uning rasmiy vakolati muddati 2027 yil yanvarda tugashi kerak edi. Mahalliy ommaviy axborot vositalari avvalroq Radev shu yil bo‘lib o‘tadigan parlament saylovida ishtirok etish maqsadida o‘z partiyasini tuzish uchun iste’foga chiqishi mumkinligi haqida xabar bergan edi.

S.Rahimov, O‘zA