English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bolgarcha maydonmi bu? Sofiya markazida namoyishchilar chodir qurib olishdi
14:00 / 2020-08-02

Buning ustiga ular markazda chodirlar ham oʻrnatib olishdi.


Namoyishchilar Bolgariya poytaxti Sofiya shahrining qoq oʻrtasida yoʻllarni yopib, harakatni cheklab qoʻyishdi. Buning ustiga ular markazda chodirlar ham oʻrnatib olishdi. Bu haqda “Rossiyskaya gazeta” yozgan.

Nashr tarqatgan xabarga koʻra, norozilik tadbiri ishtirokchilari hukumatning mamlakatda yuz berayotgan ijtimoiy-iqtisodiy inqirozga qarshi kurash borasidagi saʼy-harakatlari natija bermayotganidan junbishga kelgan. Shuningdek, odamlar keyingi paytda avj olib ketgan korrupsiya bilan bogʻliq mojarolarga tez-tez davlatning rahbar shaxslari ham aralashib qolayotganidan gʻazabga otiga minishdi.

Avvalroq Bolgariya prezidenti Rumen Radev siyosiy jarayonni “qayta izga solish va modernizatsiya qilish” uchun hukumat va Bosh prokurordan isteʼfo berishini soʻragandi.

Bolgariyada norozilik namoyishlari soʻnggi bir necha hafta mobaynida uzluksiz davom etyapti. Ayni holat sababini tahlilchilar prezidentning xavfsizlik va huquq masalalari boʻyicha maslahatchilari hibsga olinishi bilan bogʻlamoqda. Ushbu mulozimlar davlat sirini fosh etish va oʻz taʼsir kuchi doirasidagi imkoniyatlaridan shaxsiy manfaati yoʻlida foydalanish kabi ayblovlar bilan qoʻlga olingan.

Oʻtgan haftada Bolgariya sotsialistik partiyasi parlamentga muxolifat korrupsiyada ayblayotgan hukumatga nisbatan ishonchsizlik votumi toʻgʻrisidagi masalani kiritdi.