Bolani chet elda nazoratsiz qoldirish qanday javobgarlikka sabab bo‘ladi? (+video)
Ota-ona, ularning o‘rnini bosuvchi yohud xamrohlik qiluvchi shaxs tomonidan O‘zbekiston respublikasi fuqaroligiga ega bo‘lgan bolani chet-elda nazoratsiz qoldirish taqiqlanadi. Buning uchun qonunga muvofiq jarima jazosi tayinlanadi.
Shuningdek, sud bolaning chet davlat hududida nazoratsiz qoldirilganligi haqidagi ma’muriy huquqbuzarlikka oid ishni ko‘rib chiqish muddatida bolani chet davlat hududidan O‘zbekiston Respublikasiga qaytarish yoxud huquqbuzarlikni bartaraf etish bo‘yicha choralar ko‘rish majburiyatini ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etgan shaxsning zimmasiga yuklatadi.
Bu bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi IIV JXD HPX katta inspektori, mayor — Mansur Bayeshanov batafsil ma’lumot berdi.
<iframe width="887" height="499" src="https://www.youtube.com/embed/wUwMBt6FMnc" title="Bolani chet elda nazoratsiz qoldirish qanday javobgarlikka sabab bo‘ladi?" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>M. Eshmirzayeva, D. Yakubov, O‘zA