Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bolalarning sevimli maskani
11:22 / 2016-11-08

Sport – o‘g‘il-qizlarda kuchli iroda, g‘alaba va maqsad sari intilish fazilatlarini tarbiyalashda, vatanparvarlik, el-yurtga sadoqat, faxr-iftixor kabi tuyg‘ularni uyg‘otishda muhim ahamiyatga ega.

Sport – o‘g‘il-qizlarda kuchli iroda, g‘alaba va maqsad sari intilish fazilatlarini tarbiyalashda, vatanparvarlik, el-yurtga sadoqat, faxr-iftixor kabi tuyg‘ularni uyg‘otishda muhim ahamiyatga ega.

Mamlakatimizda sportni, jumladan, bolalar sportini rivojlantirish, yoshlarning jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug‘ullanishi uchun keng imkoniyat va sharoitlar yaratishga qaratilayotgan alohida e’tibor va g‘amxo‘rlik navqiron avlodni har tomonlama sog‘lom va barkamol insonlar etib voyaga yetkazishga xizmat qilmoqda.

Toshkent shahar madaniyat va sport ishlari bosh boshqarmasiga qarashli yakkakurash sport turlariga ixtisoslashtirilgan bolalar va o‘smirlar sport maktabida boks, erkin kurash, taekvondo (WTF), dzyudo, qilichbozlik, kurash, belbog‘li kurash, sambo bilan 830 dan ortiq o‘g‘il-qiz muntazam shug‘ullanmoqda. Qizlarni sportga keng jalb etishda ham yuqori ko‘rsatkichlarga erishilayotir.

– Sport bilan muntazam shug‘ullanishning samaralari bolalarning jismonan sog‘lom, ruhan tetik bo‘lib voyaga yetishida yaqqol namoyon bo‘lmoqda, – deydi maktab direktori o‘rinbosari Nilufar To‘rayeva. – Maktabimizda mashg‘ulotlarni yuqori saviyada tashkil etish orqali yoshlarni katta musobaqalarga bosqichma-bosqich tayyorlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Maktabda o‘g‘il-qizlarning o‘zlari qiziqqan sport turi sirlarini puxta o‘zlashtirishi uchun barcha sharoit yaratilgan. Futbol maydoni, sport zallari, trenajyor zali va boshqa qulayliklar ular ixtiyorida.

Bu yerda bolalar yiliga ikki marta tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi.

– Bugungi bolalarning shijoatiga havas qilsa arziydi, – deydi erkin kurash bo‘yicha murabbiy Bobur Inoyatov. – Shogirdlarimning hammasi iqtidorli, o‘ziga nisbatan ishonchi baland. Bolalarning jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug‘ullanishi uchun yaratilgan keng imkoniyat va sharoitlar ularning sportga qiziqishini yanada kuchaytirib, musobaqalarda yuqori natijalarga erishishida muhim omil bo‘lmoqda.

Maktab tarbiyalanuvchilarining 80 nafari turli sport turlari bo‘yicha terma jamoalar a’zolaridir. Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida o‘tgan XXXI yozgi Olimpiada o‘yinlarining bronza medal sovrindori Rustam To‘laganov ham ushbu maktab tarbiyalanuvchisi bo‘lgani esa boks to‘garagida shug‘ullanayotgan yoshlar uchun faxr tuyg‘usini uyg‘otadi.