Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bolalarning buvi va bobolari bag‘rida erkalanib ulg‘ayishiga nima yetsin?!
13:16 / 2023-07-12

Taqdirlar turfa bo‘lishi mumkin, biroq nevaraga bo‘lgan mehr o‘zgarmaydi.

Majburiy ijro byurosini ko‘pchilik faqat qarzdorliklarni undiradi deb tushunadi. Aslida Byuro xodimlari sudlar va boshqa organlar tomonidan qabul qilingan hujjatlarning ijrosini ta’minlaydi. Sud qarorlari va uni ijro etishga qaratilgan murakkab va qiziqarli ijro ishlari ham mavjud. Bolani ota yoki onasi bilan uchrashtirish ijro ishlari haqida ko‘pincha eshitib qolamiz, lekin buvining nevarasi bilan uchrashtirish kabi ijro ishlari kam uchrasa kerak. 

“Hafta kunlaridan shanbani yaxshi ko‘raman. Sababi, shanba kunlari nevaram bilan ko‘rishaman-da” deydi ijro harakatlarida taraf hisoblangan Umida ona. Xususan, Byuroning Mirzo Ulug‘bek tuman bo‘limi davlat ijrochisi Sh.Isroilovning ish yurituvidagi fuqarolik ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tumanlararo sudining qaroriga asosan, U. Latipovani 2021 yilda tug‘ilgan Sabrina ismli nevarasi bilan har oyning ikkinchi va to‘rtinchi shanba kunlari uchrashtirish to‘g‘risidagi ijro hujjati yuzasidan mana 4 oydirki, ijro harakatlari amalga oshirilib kelmoqda.  

Umid qilamizki, buvi va nevara o‘rtasidagi jo‘shqin mehr tufayli tez kunlarda oila tiklanib, sud qarorini majburiy ijro etishga ehtiyoj qolmaydi.  

Farzandlarimizning buvi va bobolar bag‘rida erkalanib ulg‘ayishiga nima yetsin?!  

 

O‘zA