FOTOREPORTAJ
Jizzax shahridagi “O‘rda” yoshlar ekologik bog‘ida “Yangi O‘zbekistonning baxtli bolalari” shiori ostida xayriya tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Milliy gvardiya va Ijtimoiy himoya milliy agentligi viloyat boshqarmalari hamkorligida tashkil etilgan tadbirda oilaviy bolalar uylari tarbiyalanuvchilari, kam ta’minlangan oilalar farzandlari va nogironligi bo‘lgan bolajonlar taklif qilindi. Shu kuni bog‘dagi o‘yin maydonchalari, turli attraksionlar, dam olish va umumiy ovqatlanish maskanlari ular xizmatida bo‘ldi.
[gallery-17671]
- Viloyatimizdagi 11 ta oilaviy bolalar uyida 50 nafar o‘g‘il-qiz tarbiyalanmoqda, - deydi Milliy gvardiya Jizzax viloyat boshqarmasi harbiy xizmatchisi, kapitan Sanjar Usmonov. - Ular holidan doim xabar olinib, hech narsadan kamchilik sezmay yashashlari uchun barcha sharoit yaratilyapti. Hech shubha yo‘qki, bu bolalarning har biri davlat va jamiyatning e’tiboridan, g‘amxo‘rligidan bahramand bo‘lib ulg‘aymoqdalar.
Jamshid YORBEKOV (surat), O‘zA