Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bolalarni qo‘llab-quvvatlash va ijtimoiy integratsiya markazining vazifalari belgilandi
16:01 / 2026-02-17

Jamiyatda bolalarni zo‘ravonlik va noqonuniy ta’sirlardan himoya qilish doimiy ahamiyatga ega masala hisoblanadi. Sohada qabul qilinayotgan qonunlar bolalarning xavfsizligi va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash xizmatlari samaradorligini oshirishga qaratilgan.

Tegishli tartibga muvofiq, Ijtimoiy himoya milliy agentligi huzuridagi Bolalarni qo‘llab-quvvatlash va ijtimoiy integratsiya markazining vazifalari  belgilandi. Bu markaz orqali zo‘ravonlikdan jabrlangan, zo‘ravonlik xavfi ostida bo‘lgan yoki ijtimoiy jihatdan qiyin ahvoldagi bolalar va ularning oilalariga samarali ko‘mak ko‘rsatish yo‘lga qo‘yilmoqda.

Ko‘rsatiladigan xizmat turlari 6 oygacha — qisqa muddatli xizmatlar, 1 yilgacha — uzoq muddatli xizmatlar hamda 1 yilgacha — tun-u kun ko‘rsatiladigan xizmatlardan iborat.

“Mehrli oila” xizmati ota-onalarga bolani tarbiyalash, uning huquq va manfaatlarini ta’minlash, xulq-atvorni boshqarish hamda oilaviy munosabatlarni tiklashda ko‘mak beradi.

Professional tutingan oila instituti esa bolaga xavfsiz oilaviy muhit yaratish, salomatligini tiklash, ta’limga jalb etish, ijtimoiylashtirish hamda maksimal maxfiylikni ta’minlashga qaratilgan.

Yangi tizim bolalarning huquqlarini himoya qilish va ularning sog‘lom rivojlanishi uchun samarali vosita bo‘lib xizmat qiladi. Ushbu islohotlar orqali jamiyatda bolalarning huquqiy va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlanishi ta’minlanishi kutilmoqda.

Muhayyo Toshqorayeva,  O‘zA