Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bolalarni maktabga tayyorlovga 100 foiz qamrab olish uchun qanday chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda?
11:31 / 2026-02-11

Yangi qonunchilikka asosan bir yillik maktabga tayyorlov guruhlari ta’lim dasturi majburiy umumiy o‘rta ta’limning dastlabki bosqichi sifatida kiritilishi hamda maktabgacha ta’lim tizimida o‘yinga asoslangan ta’lim yo‘nalishi joriy etilishi rejalashtirilmoqda.

Xo‘sh, bolalarni maktabga tayyorlovga qamrab olish darajasini 100 foizga yetkazish uchun hozirda qanday amaliy ishlar boshlangan?    

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi matbuot xizmati rahbari Dilfuza Sobirova ma’lumotlariga ko‘ra, 2022/2023 yillarda 6 yoshli bolalarni maktabgacha tayyorlov tizimi bilan qamrab olish darajasini 90 foizga, 2024/2025 o‘quv yili yakuniga qadar 100 foizga yetkazish belgilangan edi.  

Aholining keskin demografik o‘sishi, shuningdek, mamlakatimizdagi yangi ishlab chiqarish ob’ektlarining ishga tushirilishi hamda xorijiy davlatlarda faoliyat yuritgan fuqarolarimizni o‘z yashash manzillariga qaytishi natijasida maktabgacha ta’lim tashkilotlari quvvatiga nisbatan bolalar sonining oshib ketishi maktabgacha ta’limning muqobil shakllarini yaratish zaruratini yuzaga keltirdi.  

Muqobil shakl sifatida Ilk rivojlanish markazlari va olis hududlarda esa “Aqlvoy” mobil guruhlari tashkil etilmoqda.  

Yuqoridagi o‘zgarishlar, xususan, aholi sonining keskin o‘sishi inobatga olingan holda 2030 yilgacha bolalarni maktabga tayyorlov guruhlari bilan to‘liq qamrab olish ko‘zda tutilgan.  

Belgilangan tartibga ko‘ra, bir yillik maktabga tayyorlov guruhlari umumiy o‘rta ta’limning dastlabki bosqichi sifatida kiritildi va 2027-2028 o‘quv yilidan boshlab 6 yoshli bolalarga maktabga tayyorlovdan o‘tganlik to‘g‘risida davlat namunasidagi elektron sertifikat berilishi yo‘lga qo‘yilmoqda.  

Bundan tashqari, nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarmog‘ini kengaytirish uchun joriy etilayotgan imtiyozlar ham joylarda qo‘shimcha o‘rinlar yaratish imkonini beradi.  

Muhayyo Toshqorayeva, O‘zA