Bolalarni koronavirusga qarshi emlash bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkich Farg‘ona viloyatida
Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, 18 yanvar holatiga yurtimizda 696 ming 107 nafar 12 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar Pfizer vaksinasi bilan ixtiyoriy ravishda emlandi.
Ulardan:
1-bosqich emlanganlar 452 ming 89 nafarni,
2-bosqich emlanganlar 244 ming 18 nafarni tashkil qildi.
Xususan, bolalarni koronavirusga qarshi emlash jarayoni Farg‘ona (167 747 doza), Samarqand (108 266 doza), Andijon (76 853 doza), Qashqadaryo (60 513 doza), Namangan (60 315 doza) viloyatlarida yuqori ekani ahamiyatli.
O‘zA