English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bolalarni 2 yoshdan bog‘chaga qabul qilishga ruxsat berildi
15:24 / 2022-03-11

Mamlakatimizda joriy yil 1 apreldan boshlab to‘liq quvvat bilan ishlamayotgan davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga 2 yoshdan 3 yoshgacha bo‘lgan bolalarni pullik xizmat ko‘rsatish shaklida qabul qilishga ruxsat berildi.

Maktabgacha ta’lim vazirligi  matbuot xizmati tomonidan ma’lum qilinishicha, davlat bog‘chalaridagi qo‘shimcha pullik xizmatlar va ularning narxi muassasa kuzatuv kengashi yig‘ilishida muhokama qilinib, so‘ng tuman (shahar) maktabgacha ta’lim bo‘linmasi bilan kelishilgan holda bog‘cha direktori tomonidan tasdiqlanadi. 

Ma’lumot o‘rnida ta’kidlash lozimki, Prezident Shavkat Mirziyoyev fevral  oyida Qoraqalpog‘istonga tashrifi chog‘ida  ushbu masalaga to‘xtalib o‘tgan edi.  "Bog‘chalarga bolalarni 2 yoshdan qabul qilish bo‘yicha mening ham niyatim bor. Ammo hali ozroq vaqt bor. Iqtisodiyotimizni salgina mustahkamlab olaylik, keyin bu ishni amalga oshiramiz", — degan edi davlat rahbari. 


O‘zA