Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bolalarga tibbiy xizmat ko‘rsatish sifati yanada yaxshilanadi
17:44 / 2023-04-05

Farg‘ona viloyati perinatal markazida 4 qavatli zamonaviy neonatal blogining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda viloyat hokimi Xayrullo Bozorov ishtirok etdi. Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan mamlakatimizda tibbiyot sohasini rivojlantirish, aholi, ayniqsa, ona va bola salomatligini muhofaza qilishga, sog‘lom avlodni shakllantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. O‘tgan 2022 yilning o‘zida viloyatda 64 ta tibbiyot muassasalarida qariyb 150 milliard so‘mlik qurilish-ta’mirlash ishlari amalga oshirildi. Loyiha qiymati 19 milliard so‘mdan ziyod bo‘lgan ushbu bino ham so‘nggi yillarda sog‘liqni saqlash sohasidagi islohotlarning samarasidir.  

Joriy yilning 30 aprel kuni mamlakatimizda bo‘lib o‘tadigan muhim siyosiy tadbir – “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida” gi Konstitutsiyaviy Qonun loyihasi bo‘yicha umumxalq referendumiga ham to‘xtalib o‘tgan viloyat rahbari yangi Konstitutsiya fuqarolarning tibbiy yordamning kafolatlangan hajmini davlat hisobidan olishga bo‘lgan huquqlarini mustahkamlashiga, Qomusimizdan sog‘liqni saqlash tizimini, uning davlat va nodavlat shakllarini rivojlantirish masalasi ham alohida o‘rin olganiga e’tibor qaratdi.  

Ramziy tasma qirqilib, tadbir ishtirokchilari yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi. Yangi binodan viloyat aholisi uchun reproduktiv salomatlik markazi, konsultativ poliklinika, 18 o‘rinli chaqaloqlar reanimatsiyasi, 20 o‘rinli kam vaznli va chala tug‘ilgan chaqaloqlar uchun parvarish bo‘limi, shahar hamda tumanlardan kelayotgan chaqaloqlar uchun 20 o‘rinli chaqaloqlar xastaligi bo‘limi hamda laboratoriya bo‘limi joy oldi.  

[gallery-11288]

Mazkur zamonaviy muassasada chaqaloqlarga tor doiradagi mutaxassislar tomonidan tibbiy yordam ko‘rsatish va bolalarni katamnestik kuzatuvini olib borish imkoni yaratildi. Bu o‘z o‘rnida nogironlikni ham kamaytirishga yordam beradi.  

M.Sulaymonov,

M.Qodirov (surat), O‘zA