Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bolalarga raqamli eshitish moslamalari topshirildi (+video)
14:23 / 2023-12-28

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi hamkorligida eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun zamonaviy raqamli eshitish moslamalari bepul berilishi yo‘lga qo‘yilgan.

Ushbu loyiha doirasida mutaxassislar Navoiy viloyati Karmana tumanidagi alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan 25-sonli maktab-internatida bo‘ldilar.

[gallery-15249]

Ma’lumot uchun, o‘tgan o‘quv yilida maktabning 164 nafar o‘quvchisiga eshitish moslamalari tarqatilgan edi. Joriy yilda maktabga yangi qabul qilingan yana 10 nafar o‘quvchi zamonaviy raqamli eshitish moslamasi bilan ta’minlandi.

<iframe width="640" height="360" src="https://www.youtube.com/embed/XTlnCQPuVTo" title="Bolalarga raqamli eshitish moslamalari topshirildi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>

Siroj ASLONOV(surat),O‘zA