French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bolalarga quvonch ulashuvchi bayram
12:14 / 2025-12-25

Har bir bayram bolajonlar bilan totli. Ayniqsa, Yangi yil shodiyonalari ularga beg‘ubor orzu-umidlar, mehr-oqibat va yangi marralar olib kelishini intiqlik bilan kutadilar. Respublikamiz bo‘ylab Yangi yil bayrami arafasida turli tadbirlar ko‘tarinki kayfiyatda bo‘lib o‘tmoqda. Ushbu shodiyonalar, ayniqsa bolajonlarga o‘zgacha zavq bag‘ishlamoqda.

Poytaxtimizning Yangihayot tumanidagi 45-sonli DMTTda o‘tkazilgan bayram tadbiri ham bolajonlarga bir olam quvonch tuhfa etdi. Bayram tadbirida DMTTning sog‘lomlashtirish gimnastikasi to‘garagi a’zolari o‘z chiqishlari bilan ishtirok etdi.   

Tadbir katta archa atrofida uyushtirilgan badiiy dastur bilan yanada fayzli bo‘ldi. Qorbobo va qorqiz, turli multfilm qahramonlari obrazlari ishtirokidagi sahna ko‘rinishlari, bolajonlarga olam-olam zavq ulashdi.  Iqtidorli o‘g‘il-qizlarning sho‘x qo‘shiq, tarona va raqslari barchaga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi. 

[gallery-26891]

– Yangi yil bayramini ayniqsa bolajonlar intiqib kutishadi, – deydi bog‘cha mudirasi Dilnoza Ikromova. – Bugungi bayram tadbirimizda ham bolajonlar bir-biridan chiroyli chiqishlar qilishdi. Ular yangi yilni yangi orzu-umidlar bilan kutib olishmoqda.  

Tadbir so‘ngida faol ishtirok etgan bolajonlar diplom va sovg‘alar bilan taqdirlandi.

Oybek Pardayev (surat),O‘zA