Bolalarga quvonch ulashib...
FOTOREPORTAJ
Farg‘ona viloyat surunkali kasalliklari va nogironligi mavjud bo‘lgan bolalar tibbiy reabilitatsiya markazida “Bizning diyorda hamma teng huquqga ega” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
50 o‘ringa mo‘ljallangan markazda davolanayotgan bolalarga ko‘tarinki kayfiyat ulashish maqsadida o‘tkazilgan tadbir kuy-qo‘shiqlar bilan boshlandi. Bayram dasturxoni yozilib, ko‘rgazmali chiqishlar tashkil etildi. Farg‘ona shahridagi 4-umumta’lim maktabi o‘quvchilari ijrosidagi kuy-qo‘shiqlar bemor bolalarni yanada mamnun qildi. Farg‘ona davlat universiteti talabalari hamda O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Farg‘ona viloyati Kengashi tomonidan bolajonlarga sovg‘a-salomlar hadya etildi.
[gallery-20680]
Muqimjon QODIROV (surat), O‘zA