French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bolalarga noqonuniy diniy saboq berganlar ushlandi
11:17 / 2026-02-05

Toshkent viloyati IIBB hamda Davlat xavfsizlik xizmati hududiy boshqarmasi xodimlari hamkorligida navbatdagi tezkor tadbir o‘tkazildi. Unda Zangiota tumani Chinor mahallasida yashovchi 44 yoshli shaxs va uning 65 yoshli xolasi tomonidan ikki xonadonda yashirin tarzda “hujra” tashkil etilgani aniqlandi.

Ular yetarli diniy bilimga hamda tegishli ruxsatnomaga ega bo‘lmagan holda o‘z xonadonlarida jami 15 nafar voyaga yetmagan bolaga noqonuniy diniy ta’lim berib kelgan. Jumladan, bir xonadonda 10 nafar, ikkinchisida esa 5 nafar bola yashash va ta’lim olish sharoitlari bilan joylashtirilgan.

Shuningdek, har bir bola uchun oyiga 1 million so‘mdan 300 AQSH dollarigacha miqdorda pul olgani ma’lum bilan bo‘ldi. Ayrim holatlarda bolalarga nisbatan jismoniy tazyiq o‘tkazilgani aniqlangan. Mazkur holat yuzasidan bolalarni tarbiyalash va ta’lim berish majburiyatlarini lozim darajada bajarmagan ota-onalarga nisbatan ma’muriy choralar ko‘rildi. Noqonuniy diniy ta’lim bilan shug‘ullangan ikki nafar shaxsga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

 A. Musayev, O‘zA.