Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bolalarga mehr ulashayotgan Samandar
11:47 / 2025-05-29

Mamlakatimizda o‘sib kelayotgan yosh avlod, xususan Mehribonlik uylarida tarbiyalanayotgan yoshlarning jamiyatda o‘z o‘rnini topishiga zarur shart-sharoitlar yaratish ustuvor vazifalardan biri.

Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilarining intellektual, axloqiy, jismoniy rivojlanishi, ularni mustaqil hayotga tayyorlash borasida tegishli tashkilotlar qatori Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari tomonidan ham muayyan ishlar amalga oshirib kelinmoqda.

Poytaxtimizdagi 30-sonli Mehribonlik uyi. Milliy gvardiya harbiy xizmatchisi Samandar Norbo‘tayev bu yerdagi barcha bolalar uchun mehribon, g‘amxo‘r, talabchan tarbiyachi.

Samandar kun davomida bolalarni tarbiyalash va qo‘llab-quvvatlash, ularni ijtimoiy moslashtirish va jamiyatga uyg‘unlashtirish, jismonan sog‘lomlashtirish, sifatli ta’lim va tarbiya berish, shuningdek, ijodiy va intellektual qobiliyatlarini rivojlantirish vazifalarini sidqidildan ado etib kelmoqda.

Mehribonlik uyi bolalariga ko‘rsatayotgan e’tibor va g‘amxo‘rlik, ular qalbida vatanga bo‘lgan faxru-iftixor tuyg‘ularini yanada oshiradi.

<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/c8GvC1wi7Es?si=eQc4AzIWdOTNrw_l" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

T.Ro‘ziyev,

X.Abrayqulova, A.Ahmedov (video)

O‘zA