Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bolalarga kitob ulashildi
17:29 / 2025-06-02

Feruza Vahobova Namangan viloyati Chust tumani “Sadacha Go‘zal” mahallasida istiqomat qiladi. Arzimas sabab bilan turmush o‘rtog‘i bilan ajrashib ketadi. Sudning qaroriga ko‘ra, ikki nafar bolasi ona qaramog‘ida qoladi. Farzandlarini oq yuvib, oq tarab ta’lim-tarbiya berib kelmoqda.

Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi tuman bo‘limi mas’ullari farzandlarga Xalqaro bolalarni himoya qilish kuniga bag‘ishlab, xonadonga tashrifi ularni kemtik ko‘ngillarini tog‘dek ko‘tardi. MIB viloyat boshqarmasi tashabbusi bilan “Bolalarga kitob bering!” aksiyasi doirasida tumandagi to‘qqizta oila bolajonlariga kitoblar jamlanmasi tuhfa etildi. 

– Biz kabi oilalarning farzandlariga yangi chop etilgan kitoblar to‘plamini sovg‘a qilishgani bolajonlarimizga bayram tuhfasi bo‘ldi, – deydi Feruza Vahobova. – Yozgi ta’tilni maroqli o‘tkazishlari, kitob bilan oshno bo‘lishida bu kabi tashabbuslar uchun rahmat.

Darhaqiqat, ushbu tadbirlar viloyatning barcha hududlarida davom etib, Byuroning Namangan shahri va tumanlar bo‘limlari tomonidan jami 150 ta aliment oluvchi xonadonga “Kapitan grant bolalari”, “Kichkina shahzoda” va “Dunyo daholari” kabi jahon adabiyoti durdonalaridan iborat kitoblar hamda o‘yinchoqlar tarqatildi. 

Oqilxon Dadaboyev, O‘zA