Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bolalarga bering dunyoni
15:29 / 2022-06-07

Bola kulsa olam kuladi, deydi xalqimiz. Darhaqiqat, dunyoda bolalarning beg‘ubor kulgusidan go‘zalroq quvonch yo‘q. Farzandlar chehrasidagi tabassum bois butun olam nazdimizda munavvar ko‘rinadi.

Qashqadaryo viloyati Qarshi shahri Kunchiqar mahalla fuqarolar yig‘ini raisi, “Fanny Land” oilaviy korxonasi rahbari Sobir Bekmurodov tashabbusi bilan “Mahalla” xayriya jamoat fondi bilan hamkorlikda 150 nafarga yaqin ehtiyojmand oilalar farzandlari, nogironligi bo‘lgan bolalar uchun bayram dasturxoni yozildi.

Tadbirda Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘i Shuhrat Tursunov, viloyat tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i Shoira Haydarova, shahar Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash bo‘limi boshlig‘i Nargiza Xonqulova ishtirok etdi.

Yig‘ilganlar bolajonlarni bayram bilan tabriklab, ezgu tilaklarini bildirdi. Bayram tadbirida 3 nafar nogironligi bo‘lgan bolaga nogironlik aravachasi topshirildi.

Tadbir so‘ngida bolajonlar basseynda cho‘milib, o‘zgacha zavq oldi.

O‘lmas Barotov,
O‘zA muxbiri