English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bolalar xavfsizligiga barcha mas’ul
10:57 / 2023-12-25

Buxoro tumanida “pirotexnika” mahsulotlarining noqonuniy muomalasiga qarshi kurashish maqsadida jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi, yo‘l harakati xavfsizligi xodimlari ishtirokida tezkor tadbirlar o‘tkazilmoqda.

Natijada hozirga qadar jami 1572 quti ya’ni ichida 94 380 dona, jami bahosi 23 761 000 ming so‘mlik “Novыy vek” “Treniya” va “Britanik” nomli pirotexnika vositalari borligi aniqlanib, tegishli tartibda hujjatlashtirib olingan. “Paqildoq” o‘ynayotgan voyaga yetmaganlarning esa ota-onalari ma’muriy javobgarlikka, jarima jazosiga tortilmoqda.  

Ma’lumot uchun, yurtimizda pirotexnika vositalari muomalasi uchun ma’muriy va hatto, jinoiy javobgarlik belgilangani ko‘plarga yaxshi ma’lum. O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 185-moddasi 2-qismiga muvofiq pirotexnika buyumlarini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish, tayyorlash, saqlash, tashish, jo‘natish, ulardan foydalanish va o‘tkazish kabi xatti-harakat bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravaridan 20 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.  

 

Zarif Komilov,  

O‘zA muxbiri.