Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bolalar xavfsizligi — O‘zbekiston taraqqiyotining ustuvor yo‘nalishi
12:48 / 2026-02-03

So‘nggi yillarda O‘zbekistonda bolalar huquqlarini himoya qilish va ularni zo‘ravonlikdan asrash masalasi davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi. Bu yo‘nalishda qabul qilinayotgan qonunlar, ishlab chiqilayotgan strategiya va dasturlar bolalarning xavfsiz va munosib muhitda kamol topishini ta’minlashga qaratilgan.

Xo‘sh, nima uchun bolalarni zo‘ravonlikdan himoya qilish O‘zbekiston milliy taraqqiyotining ustuvor yo‘nalishi hisoblanadi?  

Mazkur savol yuzasidan YUNISEFning O‘zbekistonda bolalar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Regina Kastijio javob berdi.  

— So‘nggi yillarda O‘zbekistonda bolalarni zo‘ravonlikdan himoya qilish sohasida tub burilish amalga oshirildi, – deydi Regina Kastijio. – Zo‘ravonlikka qarshi maxsus qonun qabul qilindi, ta’lim, sog‘liqni saqlash, ijtimoiy himoya va adliya sohalaridagi xizmatlarni yagona yondashuv asosida muvofiqlashtiruvchi milliy strategiya va harakatlar rejasi ishlab chiqildi. 2030 yilgacha mo‘ljallangan milliy rivojlanish strategiyasi loyihasida bolalar xavfsizligi mamlakat kelajagi uchun hal qiluvchi ustuvor masala sifatida belgilangani esa bolalarni himoya qilish faqat ijtimoiy vazifa emas, balki milliy taraqqiyotning muhim sharti ekanini ko‘rsatadi.  

Shu bilan birga, haqiqiy natija qonunlarda emas, balki har bir bolaning kundalik hayotida namoyon bo‘lishi, bolalarning o‘z fikrini erkin bildirishi, hurmat qilinishi va kamsitilmasligi ta’minlanishida ifodalanadi.

Muhayyo Toshqorayeva, O‘zA