"Bolalar va o‘smirlar kino haftaligi"ga start berildi
Bugun Kinochilar uyida Kinematografiya agentligi hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan "Bolalar va o‘smirlar kino haftaligi" boshlandi. Haftalikning ilk kunida maktab o‘quvchilari uchun "Parining sovg‘asi" film-ertagi namoyish etildi.
Film Kinematografiya agentligi va VEGA (Rossiya) kinokompaniyasi hamkorligida suratga olingan.
Filmda yosh shahzodaning xasta otasiga davo izlab, turli sarguzashtlarga duch kelishi haqida hikoya qilinadi.
"Bolalar va o‘smirlar kino haftaligi" 22 fevralgacha davom etadi. Haftalik doirasida bolalar uchun Kinematografiya agentligi buyurtmasi bilan ishlangan 10 dan ortiq multfilm va film-ertaklarning namoyishi o‘tkazilishi belgilangan deb xabar qilmoqda Milliy kinematografiyani rivojlantirish markazining Axborot xizmati.
N.Usmonova, O‘zA