Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Bolalar uyi” tarbiyalanuvchilariga “Prezident sovg‘asi” topshirildi
13:36 / 2025-12-26

Har yili mamlakatimiz bo‘ylab Yangi yil bayrami arafasida ertangi kelajagimiz egalari bo‘lgan bolalarga “Prezident sovg‘a”sini topshirish an’anaga aylangan.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi raisi Amanbay Orinbayev Nukus shahridagi “Kichik hajmli bolalar uyi” tarbiyalanuvchilarini Yangi yil bayrami bilan tabrikladi.

Mamlakatimizda yosh avlodni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning qalbida quvonch va umid uyg‘otish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Ana shu g‘amxo‘rlik va e’tiborning yorqin ifodasi sifatida tashkil etib kelinayotgan “Prezident archasi” bayram tadbirlari yildan-yilga bolajonlarning eng sevimli va intiqlik bilan kutilgan bayramlaridan biriga aylanib bormoqda.

Mazkur bayram tadbirlarini mazmunli, ko‘tarinki ruhda va yuqori saviyada o‘tkazish maqsadida Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan tegishli vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda tizimli va samarali ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, bolalar uchun bayramona muhit yaratish, ularni sifatli sovg‘alar bilan quvontirish hamda har bir bolaning e’tibordan chetda qolmasligini ta’minlashga alohida ahamiyat qaratilmoqda.

Bugungi kunga kelib, Mehribonlik va Muruvvat uylari tarbiyalanuvchilari, “SOS – bolalar mahallalari”, Oilaviy bolalar uylarida tarbiyalanayotgan bolalar, shuningdek, ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar hamda yurtimiz tinchligi va osoyishtaligi yo‘lida halok bo‘lgan huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlarining farzandlari uchun Prezidentimiz nomidan maxsus sovg‘alar tayyorlandi.

Chiroyli qilib bezatilgan Archa atrofida bolalarga “Prezident sovg‘a”ci topshirildi. Shu bilan birga, Jo‘qorg‘i Kenges raisi bolalar uyidagi sharoitlarni ko‘zdan kechirib, unda tarbiyalanayotgan bolalarning bugungi ahvoli bilan tanishdi.

Dovud Abibullayev, Maqsad Habibullayev (surat), O‘zA muxbirlari