Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Bolalar uchun mo‘ljallangan eng yaxshi tele va radioloyihalar“ tanlovi g‘oliblari aniqlandi
11:21 / 2024-11-28

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan efirga uzatishga mo‘ljallangan yangi tele va radio dasturlar loyihalari bo‘yicha tanlov e’lon qilingani haqida xabar berilgan edi.

AOKA axborot xizmatiga ko‘ra, tanlov doirasida joriy yilning 10 iyulidan 30 iyuliga qadar 29 ta tele, radio dasturlar loyihalari info@tanlovmedia.uz elektron manziliga (shundan 21 tasi telekanallar, 8 tasi radiokanallar) yuborildi.

Tanlov materiallari ommaviylik, ta’lim-tarbiyaning ahamiyati, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, mavzuning dolzarbligi va ommabopligi, yangicha yondashuvlar qo‘llanilganligi, ekologik madaniyatni shakllantirish, huquqiy tarbiya jihatidan Ekspertlar guruhi tomonidan baholandi.

Natijalarga ko‘ra, “Bolalarga mo‘ljallangan eng yaxshi teleloyiha“ yo‘nalishida:

“Aqlvoy” telekanali – “Qiziqarli loyiha – ekologiya”;

“Aqlvoy” telekanali – “Qiziqarli loyiha – sogʻlom turmush tarzi”;

“Bolajon” telekanali — “Kitobim – oftobim!”;

“Bolajon”telekanali- “Bilimdonlar bahsi”;

“Mimi TV” – “Mittivoylar xazinasi”;

“Jaslar TV” – “Juldыzsha”;

“Zoʻr TV” – “Dovuchchalar”;

“Ruxsor TV” – “TV-ertak”;

“Samarqand MTRK” – “Bolalar vaqti”;

“Renessans TV” – “Oʻzbekiston -yuragimda!”;

“Mening yurtim” — “Gravitasion idrok” ijodiy loyihasi g‘olib deb topildi.

“Bolalarga mo‘ljallangan eng yaxshi radioloyiha“yo‘nalishida:

“Avtoradio” – “Xalqona telegram kids” loyihasi;

“Yoshlar” radiokanali – “Bolalarga bering dunyoni!”;

“Qoraqalpogʻiston-TRK” – “Kitobxon bolalar”;

“Oriat dono” radiokanali – “Ertaklar vaqti”;

“Ruxsor FM” – “TV-ertak”;

“Oʻzbekiston” – “Ovozli kitob” loyihalari tanlov g‘olibi deb topildi.

“Bolalarga mo‘ljallangan eng yaxshi teleloyiha“ yo‘nalishida saralab olingan 11 ta loyiha bazaviy hisoblash miqdorining 300 baravari miqdorida, “Bolalarga mo‘ljallangan eng yaxshi radioloyiha“ yo‘nalishida 6 ta loyiha bazaviy hisoblash miqdorining 250 baravari miqdorida moliyalashtiriladi.

N.Usmonova,

O‘zA