Bolalar uchun keng qamrovli tibbiy ko‘rik
Buxoro viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi tomonidan Jondor tumani ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasida aholi uchun ommaviy tibbiy ko‘rik tashkil etildi. Unda 172 nafar bola tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, 107 nafar bolada turli kasalliklar aniqlandi.
– Tadbirlar “Salomatlik marafoni” doirasida aholi salomatligini mustahkamlash, kasalliklarni barvaqt aniqlash va profilaktik tibbiy xizmat qamrovini kengaytirishga qaratilgan. Ko‘rik natijasida 96 nafar bola ambulator, 11 nafari statsionar davolanishga yo‘naltirildi.


Shuningdek, ikki nafar bolaga viloyat tibbiyot muassasalarida davolanish uchun yo‘llanma berildi. Bir nafar bolada yuqori texnologiyali jarrohlik amaliyoti muvaffaqiyatli bajarildi, yana uch nafar bolada tuman darajasida markaz mutaxassislari – jarrohlar, ortopedlar hamda yuz-jag‘ jarrohlari ishtirokida yuqori texnologiyali amaliyotlar va amaliy mahorat darslari o‘tkazildi, – deydi markaz bosh shifokor Jahongir Shodiyev.
Zarif Komilov, O‘zA