Respublika bolalar kutubxonasida Yoshlar ishlar agentligi tomonidan “Ildiz” rukni ostida chop etilgan kitoblar to‘plamining taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Ma’lumki, shu kunga qadar agentlik tomonidan qomusiy olimlar, buyuk sarkardalar, ma’rifatparvar allomalarning ilmiy va ma’naviy merosini keng targ‘ib etish orqali yosh avlodni milliy qadriyatlar va vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan ixcham “Jadidlar”, “Uyg‘onish” kabi kitoblar to‘plamlari nashr etilgan edi.
Navbatdagi nashr 4-7 yosh bolajonlar uchun mo‘ljallangan “Ildiz” to‘plami bo‘ldi.
[gallery-24989]
Bolajonlar uchun qomusiy olimlar, buyuk sarkardalar, ma’rifatparvar allomalarning ilmiy va ma’naviy merosi xususida tasavvur uyg‘otish maqsadida chop etilgan “Ildiz” kitoblar to‘plami o‘zbek xalqining chuqur ildizlari, qadriyatlari haqidagi loyiha hisoblanadi.
Ulug‘ ajdodlarimizning bolalik siymosi gavdalantirilgan mazkur to‘plamda 10 nafar olim va buyuk davlat arboblarining hayoti, ilmiy-ijodiy faoliyati, asarlarining mazmun-mohiyati, g‘oya va qarashlari o‘z ifodasini topgan.
Kitob yoshlarni qiziqtirishi hamda o‘qishga qulay bo‘lishi uchun cho‘ntak kitob шаклида chop etildi.
Kitoblarning har biri 20 ming нусхада chop etilib, har bir ta’lim muassasasi, vazirlik, idoralar kutubxonalariga yetkaziladi.
Gulnoza Boboyeva, O‘ktam Hayitov (surat), O‘zA