French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bolalar tibbiyoti: noyob jarrohlik muolajasi o‘tkazildi
15:13 / 2025-02-03

Bolalar milliy tibbiyot markazida yangi amaliyot — O‘zbekiston tarixida ilk bor angiovaskulyar usulda abernetti sindromiga qarshi jarrohlik muolajasi o‘tkazildi.

Mutaxassislarga ko‘ra, ushbu sindrom juda kam uchraydigan hamda bolalarda og‘ir asoratlarni keltiribchiqaradigan kasallik hisoblanadi. Bu holatda jigarga kelishi kerak bo‘lgan qon yurakka yo‘naladi va natijada jigar qon ta’minoti buzilib, u o‘z vazifasini to‘liq bajara olmay qoladi.

Samarqandlik 3 oylik go‘dakda shu xastalik aniqlangach, Bolalar milliy tibbiyot markazi shifokorlari tomonidan u atroflicha tekshiruvdan o‘tkazildi hamda zarur muolaja usuli ishlab chiqildi.  

Jigarning qon aylanishini tiklash va kasallikni bartaraf etish, muhimi, bola hayotini saqlab qolishga qaratilgan ushbu usul asosida juda kam uchraydigan xastalik muvaffaqiyatli muolaja qilindi.

Ayni paytda bemor shifokorlar nazorati ostida tegishli muolajalarni davom ettirmoqda.

M.Qosimova, O‘zA