Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bolalar shaxmat festivali g‘oliblari aniqlandi
16:30 / 2017-10-25

Poytaxtimizda 8-14 yoshdagi bolalar shaxmat festivalining beshinchi bosqich bahslari bo‘lib o‘tdi. Unda ellikka yaqin o‘g‘il-qiz g‘oliblik uchun bahslashdi.

Poytaxtimizda 8-14 yoshdagi bolalar shaxmat festivalining beshinchi bosqich bahslari bo‘lib o‘tdi. Unda ellikka yaqin o‘g‘il-qiz g‘oliblik uchun bahslashdi.

O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi tomonidan tashkil etilgan festivalning mazkur bosqichida har bir yosh guruhida birinchi va ikkinchi o‘rinni egallagan shaxmatchilar dekabr oyida o‘tadigan yarim final bosqichida qatnashish huquqiga ega bo‘ladi.

Musobaqaning 8 yoshgacha qizlar bahsida Afro‘zabonu Ro‘zimatova yetti imkoniyatdan yetti ochqo jamg‘arib, birinchi o‘rinni egalladi. Mubina Rashidova ikkinchi, Habiba Abdumo‘minova uchinchi bo‘ldi. O‘g‘il bolalar o‘rtasida Alisher Umrzoqov oltin, Umarjon Bahodirov kumush va Shohrux To‘ychiyev bronza medal bilan taqdirlandi.

7.jpg

O‘n yoshgacha o‘g‘il-qizlar o‘rtasida Komila Asomiddinova, Sabina Yo‘ldosheva, Muzaffar Tojiboyev, Mirabror Mirpo‘latov, Mirmahmud Ilyosov g‘olib va sovrindorlar qatoridan joy oldi.

O‘n ikki va o‘n to‘rt yoshgacha o‘g‘il bolalar bahsida Sohibjon Elmurodov, Asadbek Boboqulov, Abrorbek Abdujabborov, Dovud Sulaymonov, Elbek Sulaymonov va Hojiakbar Odilov sovrinli o‘rinlarni egalladi.