Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bolalar shamollaganda endi qaysi dori vositalaridan foydalanish tavsiya etiladi?
19:33 / 2022-12-29

Bolalar orasida shamollash, diareya va tana harorati ko‘tarilishi kuzatilganida “Dok-1 Maks” siropidan foydalanilgan, endi qaysi dori vositalaridan foydalanish tavsiya etiladi?

Mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra, bolalar orasida shamollash, diareya va tana harorati ko‘tarilishi kuzatilsa, darhol shifokorga murojaat etish yoki tez tibbiy yordamga qo‘ng‘iroq qilish lozim.    

– Shifokor tavsiyasisiz hech qanday dori vositalarini qabul qilmaslikni so‘raymiz, – deydi SSVning Onalik va bolalikni muhofaza qilish boshqarmasi boshlig‘i Sevara Ubaydullayeva. – Shifokor uyga kelguniga qadar bolaga ko‘p miqdorda suyuqlik ichiring. 5 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il-qizlar kuniga 1-1,5 litr suyuqlik, masalan, 1 litr qaynatilgan suvga 1 choy qoshiq shakar va 1 choy qoshiq tuz qo‘shib, ilitilgan holda, kam-kamdan iste’mol qilishi tana harorati tushishiga yordam beradi. Shu bilan birga, diareya va shamollash alomatlari kamayib, peshobdan turli toksinlar yoki viruslar chiqib ketishi kuzatiladi. Eng muhimi, bolalarda qon quyulishi va suvsizlanishning oldi olinadi. Bu esa o‘tkir buyrak yetishmovchiligiga barham beradi.  

M.Qosimova, O‘zA