English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bolalar oromgohlari mavsumga hozirlanmoqda
13:55 / 2024-05-13

FOTOREPORTAJ

Yaqin kunlarda umumta’lim maktablarida joriy o‘quv yili yakunlanib, yozgi ta’til davri boshlanadi. Mavsumda o‘quvchilarning miriqib dam olishi uchun oromgohlarda yaratilgan sharoit muhim ahamiyat kasb etadi.

Xorazm viloyatidagi 29 ta bolalar yozgi oromgohida bu yil 11 ming 450 nafar o‘g‘il-qizni sog‘lomlashtirish va dam olishini tashkil etish rejalashtirilgan. Oromgohlarda mavsumga puxta hozirlik ko‘rilmoqda.  

[gallery-17380]

Viloyat hokimi Jo‘rabek Rahimov Yangibozor tumanidagi “Pahlavon” va o‘tgan yil viloyat hokimligi tashabbusi bilan tashkil etilgan “Kelajak egalari” iqtidorli o‘quvchilar oromgohida bo‘lib, mavsumga tayyorgarlik ishlari bilan tanishdi.  

Jarayonda viloyat rahbari yozgi ta’til davrida o‘quvchi-yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish, oromgohlar faoliyatini namunali tashkil etish, ehtiyojmand oilalar farzandlarini sog‘lomlashtirish yuzasidan mas’ullarga topshiriqlar berdi.

 

Behzodbek SAIDOV(surat),O‘zA