Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bolalar ombudsmani ijtimoiy tarmoqdagi muammoga e’tibor qaratdi
18:45 / 2022-02-02

Ijtimoiy tarmoqlarda Navoiy shahrida joylashgan 32-sonli maktabgacha ta’lim tashkiloti sharoiti harob ahvoldaligi haqida xabar tarqalgan.

Unda tashkilotning isitish tizimi ishlamayotgani, shunga qaramay bolalar qabul qilinayotgani ma’lum qilingan.

Ushbu muammolar yuzasidan ota-onalar mas’ullarga murojaat qilgan bo‘lsada, hech qanday amaliy harakat qilinmagan. Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari muammoni hal etishda yordam so‘ragan.

Mazkur murojaat Bolalar ombudsmani tomonidan nazoratga olinib, Navoiy viloyati hokimligiga muammoni bartaraf etish bo‘yicha murojaat yo‘llandi.

Navoiy viloyati maktabgacha ta’lim boshqarmasi tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, shaharning “Orzu” mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi maktabgacha ta’lim tashkiloti binosi 1970 yilda qurilgan.

Foydalanishga topshirilganidan buyon biror marta ham mukammal ta’mirlanmagan. Faqatgina joriy yilda ta’mirlash ishlari olib borilgan.

Mas’ullar ijtimoiy tarmoqqa joylashtirilgan videolar ancha ilgari tasvirga olingani, 32-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotidagi kamchiliklarini bartaraf etish bo‘yicha ishlarning bir qismi 2022 yilning 12 yanvar oyida bajarilganini ma’lum qilishgan.

Oliy Majlisning Bola huquqlari bo‘yicha vakili (Bolalar ombudsmani) aralashuvi bilan shahar Maktabgacha ta’lim bo‘limining ekspluatatsiya xodimlari tomonidan muassasa isitish tizimi qayta tiklanib, kamchiliklar bartaraf etildi.

Jumladan, maktabgacha ta’lim tashkilotidagi issiqlik tizimi qayta ko‘rib chiqilib, muammo bartaraf etilishi ta’minlangan. Teshilgan suv quvuri ta’mirlangan, sanuzel, yo‘laklar va boshqa joydagi kamchiliklar ham bartaraf etilgan.

Qishning ayozli kunlarida bolajonlar endi bog‘chadagi iliq xonalarda emin-erkin o‘ynab yurishadi.

Lekin muassasada aynan qish chillasida issiqlik tizimi ishlamagani, bolalar sovuq xonalarda olib o‘tirilgani juda ajablanarli. Axir qish mavsumida har qanday sharoit yoki vaziyatda ham bolalar boradigan muassasa yoki maktablar birinchi galda isitiladigan binolar hisoblanadi-ku.

Bolalar ombudsmani muammoga e’tibor qaratgani esa e’tiborga loyiq.

N.Abduraimova, O‘zA