Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bolalar odam savdosi qurboni bo‘lmasin
10:15 / 2026-02-16

Dunyoda sodir bo‘layotgan odam savdosi jinoyatlarining asosiy qurbonlari ayollar va bolalar hisoblanadi. Chunki, nistaban ojiz qatlam hisoblangan bu guruhni zo‘rlik ishlatib, aldab qullikka sotish holatlari mavjud. Ayniqsa, bolalarni turli g‘araz maqsadlarda sotib yuborishdek jirkanch hodisalar kam emas.

Bu kabi holatlarga qarshi kurashish maqsadida Odam savdosiga qarshi kurashish bo‘yicha BMT darajasida xalqaro hujjatlar qabul qilingan. Ushbu jinoyatning oldini olish, jabrdiydalarning himoyasi, jinoyatchilarni ta’qib etish va barcha yo‘nalishlarda xalqaro hamkorlikni mustahkamlash bo‘yicha chora-tadbirlar belgilangan. 

O‘zbekiston Bolalar ombudsmani va  Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (YeXHT)ning odam savdosiga qarshi kurashish bo‘yicha maxsus vakili va koordinatori Keri Jonston boshchiligidagi delegatsiya uchrashuvida odam savdosi muammosi va uning oldini olish bo‘yicha qilinishi kerak bo‘lgan ishlar haqida fikr almashildi. 

Bolalar ombudsmani Surayyo Rahmonova delegatsiya vakillariga O‘zbekistonda odam savdosi, jumladan, bolalar savdosining oldini olish yo‘nalishida olib borilayotgan izchil choralar yuzasidan  ma’lumot berdi.

Jonston xonim O‘zbekistonda odam savdosining oldini olish yo‘lidagi islohotlar alohida e’tiborga sazovor ekanini ta’kidladi. O‘zbekiston qonunchiligida bolalar ekspluatatsiyasining turli shakllari bilan bog‘liq qat’iy choralar belgilangani, odam savdosi xavf guruhidagi bolalar bilan preventiv ishlash tizimi yo‘lga qo‘yilgani hamda Bola huquqlari bo‘yicha vakil mustaqil instituti joriy etilganini e’tirof etdi.

Muloqot davomida YeXHT va Bolalar ombudsmani o‘rtasida bolalarni onlayn-ekspluatatsiyaning turli shakllaridan himoya qilish hamda boshqa muhim masalalarda qo‘shma amaliy loyihalar olib borishga kelishib olindi.

N.Abduraimova, O‘zA