Bolalar nutqi korpusi uchun multimediya va audio kontent yaratish masalalari
Maxina Anvarjon qizi UMIRZAQOVA magistrant Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti Toshkent, Oʻzbekiston mahinasabirzanov@gmail.com ORCID 0009-0001-6355-7645
Annotatsiya
Ushbu maqolada bolalar nutqi korpusi uchun multimediya va audio kontent yaratish jarayonida yuzaga keladigan asosiy masalalar hamda ularni hal etish yo‘llari tahlil qilinadi. Tadqiqotda bolalar nutqining yoshga xos fonetik, prosodik va leksik xususiyatlarini aniq qayd etishga xizmat qiluvchi audio yozuvlar sifati, mikrofonlash texnikasi, akustik muhitni nazorat qilish, ma’lumotlarni raqamlashtirish standartlari kabi omillar ko‘rib chiqiladi.
Tayanch soʼzlar: bolalar nutqi korpusi, multimediya kontenti, audio yozuvlar, fonetik xususiyatlar, prosodiya, annotatsiya, metama’lumotlar, akustik muhit, etik masalalar, raqamlashtirish standartlari.