English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bolalar milliy tibbiyot markazida telemeditsina yo‘lga qo‘yildi
08:04 / 2023-09-19

Bolalar milliy tibbiyot markazida telemeditsina orqali tegishli yo‘nalishlarda onlayn maslahat berish yo‘lga qo‘yildi. Bu orqali nafaqat viloyat, tuman, shaharlar, balki qo‘shni davlatlardagi klinik shifoxonalarda davolanayotgan bemorlarga maslahat berish mumkin.

Kuni kecha Xorazm va Samarqand viloyatidagi markaz filialida davolanayotgan og‘ir ahvoldagi bemorlarga telemeditsina orqali onlayn maslahat berilib, konsilium qilindi. Keyingi tekshirish hamda  davolash choralari kelishib olindi.

Shuningdek, qo‘shni Tojikiston Respublikasining poytaxti Dushanbe shahrida joylashgan klinikada davolanayotgan 2 yoshli bemor markaz va mahalliy mutaxassislar ishtirokida onlayn konsilium qilinib, laborator va instrumental tekshiruvlari, bemorning hozirgi holati hamda boshqa parametrlari bilan tanishildi. Bemor qarindoshlari tashabbusi bilan Bolalar milliy tibbiyot markaziga qayta tekshirish va davolash uchun yotqiziladigan bo‘ldi.

M.Qosimova, O‘zA