Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bolalar mehr va g‘amxo‘rlik og‘ushida ulg‘aymoqda (+video)
16:23 / 2025-06-02

Farzand tarbiyasida talabchan, o‘z navbatida, mehribon va bag‘rikeng o‘zbekning bolaparvarligiga tarix guvoh. Ikkinchi jahon urushi yillarida xalqimiz ota-onasiz yetim qolgan, bir og‘iz shirin so‘z va mehrga zor minglab bolalarni bag‘riga olgan, ularni o‘z farzandidek kamolga yetkazgan.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning nogironligi bo‘lgan, ota-ona qaramog‘idan mahrum va yetim bolalarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning yangi tizimini tatbiq etish bo‘yicha tashabbusi oilaviy Mehribonlik uylari faoliyatiga katta turtki berdi. Ushbu tizim mehr va e’tiborga muhtoj bo‘lgan oilasiz bolalar uchun yangi umid eshigini ochib, ularning sog‘lom va baxtli hayot kechirishlariga xizmat qilmoqda.

Surxondaryo viloyati Jarqo‘rg‘on tumanidagi Qorayontoq mahallasida yangi tashkil etilgan  “Asilabonu” oilaviy bolalar uyi ham ana shunday ezgu maqsad yo‘lida faoliyat olib bormoqda. 

[gallery-23707]

Bu yerda 4 nafar yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bola tarbiyalanmoqda. Barcha zarur shart-sharoitlar yaratilgan bu uyda bolalar ota-ona mehrini his qilib, ularning e’tibori va davlatimizning g‘amxo‘rligi ostida bekamu ko‘st ulg‘aymoqda.

<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/sJQpNqKUTeA" title="Bolalar mehr va gʻamxoʻrlik ogʻushida ulgʻaymoqda" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Jonibek QO‘ZIMURODOV (surat, video), O‘zA