Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bolalar manfaatiga zid bo‘lgan har qanday holat nazoratga olinib, huquqlari ta’minlanmoqda
12:08 / 2025-02-04

O‘zbekiston aholisining 13 million nafardan ziyodini 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar tashkil etadi.

O‘zbekiston xalqaro huquqning teng huquqli sub’ekti sifatida o‘z majburiyatlarini tan olgan holda, mamlakat aholisining 35 foizga yaqinini bolalar tashkil etishini hisobga olib, bola huquqlarini ta’minlash va himoya qilish sohasida milliy qonunchilikni xalqaro standartlarga uyg‘un ravishda takomillashtirib bormoqda.  

YUNISEF tomonidan “2021-2025 yillarda YUNISEF va  O‘zbekiston hukumatining Bolalarni himoya qilish dasturi” muhokamasi uchun o‘tkazilgan uchrashuvda shu haqda gap bordi.  

– O‘zbekistonda bolalar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda, – deydi O‘zbekiston Bolalar ombudsmani Surayyo Rahmonova. – Yaqin tarixda (bundan 6-7 yil oldin) oddiy hol bo‘lgan bolalar mehnati, ya’ni ularning dala ishlariga, xususan, paxta terimiga jalb qilishdek salbiy holatlarga yurtimizda butunlay barham berildi. Bolalar  manfaatiga zid bo‘lgan har qanday holat nazoratga olinib, ularning huquqlari ta’minlanmoqda. Zarur hollarda bolalar davlat himoyasiga olinmoqda.  

Tadbir davlat idoralari, fuqorolik jamiyati institutlari va xalqaro tashkilotlar vakillari uchun amaliy muloqot maydoni bo‘ldi. Muzokaralar asnosida O‘zbekistonda bolalarni himoya qilish dasturiga baho berilib, soha yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqildi.  

Uchrashuv davomida ishtirokchilarning takliflari tinglanib, dasturning yakuniy matnini yanada takomillashtirish masalalari muhokama etildi. 

N.Abduraimova,  

O‘zA