Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bolalar koronavirusga chalinmaydi(mi?...)
12:12 / 2020-02-14

Xitoyda tarqalgan koronavirus keksalarni ayamayapti, lekin bolalarda uning alomatlari aks etgani yoʻq.


Xitoyda tarqalgan koronavirus keksalarni ayamayapti, lekin bolalarda uning alomatlari aks etgani yoʻq.

Xitoydagi kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish boʻyicha markaz tadqiqotchilari olib borgan kuzatuv natijalari asosida shunday xulosaga kelindi. Mazkur tadqiqot ishlari New England Journal of Medicine jurnalida eʼlon qilingan.

Koronavirusdan qariyb 65 ming kishi jabr koʻrgan, ammo xastalik alomatlari 15 yoshgacha boʻlgan bolalarda kuzatilmagan.

“Bizga tushunarsiz boʻlgan bir necha sababga koʻra, virus eng avvalo keksalarni nishonga olmoqda”, — deydi yuqumli kasalliklar boʻyicha mutaxassis Richard Martinello.

“Agar bolalar himoya ostida boʻlsa, bu ular uchun ham, aholi uchun ham yaxshi, agarda bolalar ham virus yuqtiradigan boʻlsa, bu kasallikning tarqalish surʼatini yana-da oshirib yuborgan boʻlardi” — deydi pediatr Aaron Milstoun.