Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH)ga a’zo davlatlarning Bola huquqlari bo‘yicha vakillari komissiyasining uchinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Bolalar ombudsmani Surayyo Rahmonova ishtirok etdi.
Yig‘ilishda imkoniyati cheklangan bolalar huquqlarini ta’minlash, maktab-internatlarda ta’lim sifati darajasini oshirish, bolalarning kiberxavfsizligini ta’minlash, ularni zo‘ravonlik va bullingdan himoya qilish kabi mavzular muhokama qilindi.
Aytish kerakki, bu vazifalarning barchasi «O‘zbekiston-2030» strategiyasida alohida belgilangan va tizimli amalga oshirilmoqda. Har bir bolaning maktabgacha ta’lim tashkilotida tarbiyalanishi yo‘lida keng qamrovli ishlar yo‘lga qo‘yildi.

Maktab yoshiga yetgan bolalar umumta’lim maktablariga to‘liq qamrab olinmoqda. Ota-ona qarmog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarning oila muhitida ulg‘ayishi uchun yuzdan ortiq Oilaviy bolalar uylari tashkil etildi.
Yig‘ilishda komissiyaning boshqa a’zolari (Armaniston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Tojikiston, Belarus, Rossiya Federatsiyasi) ham o‘z mamlakatlarida mazkur yo‘nalishlarda olib borilayotgan ishlar haqida ma’lumot berdi.
Bunday muloqot eng yosh fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilishda tajriba almashish va o‘zaro tezkor aloqani o‘rnatish borasida unikal platforma vazifasini o‘taydi.
N.Abduraimova, O‘zA