English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bolalar jamg‘armasini tashkil etish va jarimalarning muayyan foizini unga yo‘naltirish taklif etilmoqda
15:40 / 2024-10-24

Bolalarni har tomonlama himoya qilish, ularga g‘amxo‘rlik ko‘rsatish eng dolzarb vazifalardan biridir. Joriy yilgi saylovlarga ilg‘or tashabbuslar bilan kirib kelayotgan siyosiy partiyalar ham ushbu masalaga alohida e’tibor qaratmoqda.

Jumladan, “Adolat” SDP bolalarning intellektual salohiyatidan kelib chiqib, ularning jamiyatdagi o‘rnini mustahkamlash, huquq va manfaatlarini himoya qilish maqsadida bolalarning himoyasini ta’minlashni o‘zining ustuvor vazifalaridan deb biladi.  

Partiya bu borada bolalar huquqlarini to‘laqonli ta’minlash, to‘lanmayotgan aliment va boshqa to‘lovlarni o‘z vaqtida to‘lab berishni yo‘lga qo‘yish maqsadida Bolalar jamg‘armasini tashkil etish va respublika bo‘yicha tushadigan jarimalarning muayyan foizini ushbu jamg‘armaga yo‘naltirishni taklif etmoqda.  

Shuningdek, voyaga yetmagan shaxslarga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik uchun jazolarni keskin kuchaytirish, 14 yoshga yetmaganlarga nisbatan sodir etilgan jinoyatlar uchun umrbod qamoq jazosini qo‘llash, bolaning huquq va erkinliklarini himoya qilish maqsadida da’vo arizasi bilan chiqqan da’vogarlarni davlat boji to‘lashdan ozod qilish kabi tashabbuslar ilgari surilmoqda.  

Sog‘lom farzandlar — sog‘lom kelajak deganidir. Bu yo‘nalishda partiya bolalar salomatligini asrab-avaylash maqsadida bolalar poliklinikalari va o‘smirlar dispanserlarini qayta tashkil etishni taklif qilmoqda. 

“Adolat” SDPning bu kabi takliflari kelajagimiz egalari bo‘lgan farzandlarimizni har jihatdan himoya qilish, salomatligini ta’minlashga xizmat qiladi.  

M.Komilova,

O‘zA