Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bolalar iroda va matonatlarini namoyish etishdi
20:30 / 2019-11-02

Tanlovda nogironligi boʻlgan bolajonlar imkoniyatlari cheklangan boʻlishlariga qaramasdan, tengqurlari qatorida oʻz sanʼatlarini namoyish etishdi.


Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Oʻzbekiston nogironlar jamiyati bilan hamkorlikda nogironligi boʻlgan shaxslarni birlashtirish hamda nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatini yanada qoʻllab-quvvatlash boʻyicha “Biz birgamiz!” ijtimoiy loyihasini amalga oshirib kelmoqda.

Mazkur loyiha doirasida navbatdagi muhim tadbir amalga oshirildi. Yaʼni 2-noyabr kuni Yoshlar ijod saroyi binosida 7 yoshdan 17 yoshgacha nogironligi boʻlgan iqtidorli yoshlar oʻrtasida rasm chizish boʻyicha respublika koʻrik tanlovi hamda nogironligi boʻlgan bolalar tomonidan yaratilgan sanʼat asarlarining koʻrgazmasi tashkil qilindi.

Tanlovda nogironligi boʻlgan bolajonlar imkoniyatlari cheklangan boʻlishlariga qaramasdan, tengqurlari qatorida oʻz sanʼatlarini namoyish etishdi.

Tanlov jarayonida boshqa tanlovlarda kuzatilmaydigan ajoyib voqea roʻy berdi. Yaʼni, respublikaning barcha hududlaridan saralab olingan nogironligi boʻlgan bolalarning barchasi hayotga boʻlgan qiziqishlari yuqori darajada ekanligi va bu borada boshqalarga oʻrnak boʻlganliklari sababli rasm chizishda 1-oʻringa munosib deb topildi.