Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bolalar huquqlarini amalga oshirishdagi tengsizliklar
10:27 / 2025-11-11

Bolalar huquqlari bilan bog‘liq sohalarning har birida o‘ziga xos muammolar hamda bolalar huquqlarini ta’minlashdagi natijalarga ta’sir ko‘rsatuvchi bevosita sabablar mavjud. O‘rganishlar shuni ko‘rsatayaptiki, bolalar huquqlarini amalga oshirishdagi tengsizliklar ma’lum darajada bola mamlakatning qaysi hududida (shahar yoki qishloq) yashashiga bog‘liq ekan. Ya’ni, qaysidir hududlarda bolalar uchun natijalar boshqa hududlarga qaraganda salbiyroq bo‘lishi qayd etilgan.

Bundan tashqari, oilaviy daromad va oiladagi muloqot tili, xatto bolaning jinsi kabi boshqa omillar ham mavjud bo‘lib, ular ham bola o‘z salohiyatini to‘liq namoyon qilishi va o‘z huquqlarini amalga oshirishiga ta’sir ko‘rsatadi. Bunda o‘g‘il va qiz bolalar, hududlar, shahar, qishloq joylar, ehtiyojlar hamda oilaviy holat va farovonlik darajasi turli bo‘lgan bolalar o‘rtasidagi tengsizlik bolalikdan yig‘ilib, keyinchalik o‘ziga xos zaiflikka olib keladi va bu yoshlarning hayotiy natijalarida aks etadi.

Ayrim ma’lumotlarga ko‘ra, bir uy xo‘jaligi hududida bir nechta avlod vakillari yashashi an’anaviy hisoblangan va maktabgacha ta’lim xizmatlaridan foydalanish imkoniyati, xizmatlar sifati va narxi nomaqbul bo‘lgan jamiyatda ko‘pgina oilalar maktabgacha ta’lim o‘rniga bolalarni oilaviy muhitda tarbiyalashni afzal deb bilishadi va bundan uy sharoitidagi o‘g‘il bolalarning tarbiyasi nisbatan qattiqroq bo‘lishi, qiz bolalar va yosh ayollar, o‘z navbatida, turmushga erta berilishi va gender zo‘ravonlik qurbonlariga aylanishi e’tirof etilgan.

Shu sababdan, qiz bolalar huquqbuzarliklar qurboni yoki guvohi sifatida adliya tizimiga o‘g‘il bolalarga qaraganda qo‘proq to‘qnash kelishi va, aksincha, huquqbuzar sifatida adliya tizimiga asosan o‘g‘il bolalar to‘qnash kelishi aniqlangan. Aksariyat gender farqlanishlar ta’lim va bandlik sohalarida yaqqol namoyon bo‘ladi va bu sohalarda bir qator ko‘rsatkichlar bo‘yicha qiz bolalar o‘g‘il bolalarga qaraganda noqulay sharoitda ekani aniqlangan. Masalan, maktabgacha ta’lim muassasalariga qiz bolalar o‘g‘il bolalarga qaraganda kamroq qatnaydi. Shu bilan birga, internat muassasalarida tarbiyalanayotgan o‘g‘il bolalar soni qiz bolalarnikiga qaraganda ko‘proq, hamda internat turidagi ixtisoslashgan muassasalar tarbiyalanuvchilarining ko‘pchiligini nogironligi bo‘lgan bolalar tashkil qiladi. Bu holat shuni ko‘rsatadiki, ta’lim olish imkoniyati shu guruhga mansub o‘g‘il bolalarda qiz bolalarga qaraganda ko‘proq ekan, sababi, nogironligi bo‘lgan o‘g‘il bolalar aksariyat hollarda ta’limni internat muassasalarida olishadi. Umuman olganda, qiz bolalarning oliy ma’lumot olish imkoniyati o‘g‘il bolalarnikiga qaraganda kamroq. Nihoyat, «Bandlik, ta’lim va o‘quv bilan qamrab olinmagan» yoshlar orasida ham sezilarli gender farqlanishlar mavjud. Ushbu ko‘satkich ayollar orasida erkaklar orasidagiga qaraganda ancha yuqori.

Onalarining ma’lumoti yetarli bo‘lmagan bolalar, onalari oliy ma’lumotga ega bo‘lgan bolalarga qaraganda yomonroq natijalar ko‘rsatishadi. Daromadi kam uy xo‘jaliklarida yashovchi bolalarning oliy ma’lumot olish imkoniyati past bo‘lgani uchun keyingi avlod vakillari orasida ham ma’lumoti yuqori bo‘lgan onalar soni ko‘paymaydi. Bu holat, tabiiyki, keyingi avlodlarda ham tengsizlik davom etishiga olib keladi.

Xalqaro tajribadan ma’lumki, stigmatizatsiya, ya’ni kim qo‘llab-quvvatlashga “loyiq”, kim esa “noloyiq” ekanini aniqlash kamsitishga olib kelar ekan, masalan ijtimoiy himoya tizimida. Bu holat bolalar manfaatida qabul qilinayotgan qarorlarga, tizimlar va xizmatlar foydalanish imkoniyatiga, mutaxassisning kasbiy ko‘nikmalari va xulq-atvori hamda oilaviy munosabatlarga ta’sir ko‘rsatadi. Aynan shu holat barcha sohalarda bolalar uchun natijalarni yaxshilash uchun eng jiddiy to‘siq hisoblanib, bolalar huquqlarini amalga oshirishning rivojlanishiga bir necha avlod davomida xalaqit berishi bilan bir qatorda, imkoniyatlari cheklangan bolalarning stigmatizatsiyasi ularni jamiyatdagi ijtimoiy integratsiyasiga jiddiy to‘sqinlik qilar ekan.

Boshqa bir so‘z bilan aytganda, stigmatizatsiya ham oiladagi va gender zo‘ravonlik qurbonlarining xulq-atvoriga ta’sir qiladi. Ular aksariyat hollarda sodir etilgan huquqbuzarlik haqida xabar berishni xohlamaydi yoki xavfsiraydilar. Yaqin jinsiy sherikning turmush o‘rtog‘i ayolga nisbatan zo‘ravonligi va ushbu zo‘ravonlikning bolalar uchun salbiy oqibatlari o‘rtasida uzviy bog‘liqlik borligi sababli, stigma ham bolalar huquqlari amalga oshirilishiga to‘sqinlik qiladi. Ayolga nisbatan yaqin sherik turmush o‘rtog‘i tomonidan zo‘ravonlik ishlatilishi ko‘pchilik jamiyatlarda zo‘ravonlikning eng ko‘p tarqalgan shakli hisoblanadi.

Shu o‘rnida, irqi, millati va jinsiy oriyentatsiyasi tufayli odamlar guruhiga yuklatilgan xususiyatlar (kambag‘allik xaqidagi stereotip) qaramlikka, ijtimoiy yordamga muhtoj guruhlarning ko‘payishiga olib keladi.

Xulosa qilib aytganda, patriarxal va iyerarxik oila tuzilishlari, qat’iy gender meyorlari, stigmatizatsiya va kamsituvchi meyorlar bolalar huquqlarining barcha sohalaridagi taraqqiyotiga to‘siqdir. Ayni sohada, samaradorlikni ta’minlash uchun davlat organlari vazifalarini aniqlashtirish va takrorlanishni qisqartirish bo‘yicha ishlarni amalga oshirish, shuningdek davlat sektorining samaradorligi uchun juda muhim bo‘lgan hamda aniq ma’lumotlarga asoslangan rejalashtirish va rag‘batlantirish madaniyatini ilgari surish zarur. Bularning barchasi, amaldagi boshqarish tizimi bilan bir bo‘lib, mamlakatga ijtimoiy sohada tezkor va muvaffaqiyatli islohotlarni amalga oshirishi uchun to‘qnashishga to‘g‘ri keladigan istiqbollar va muammolarni belgilaydi. Ushbu islohotlar bolalar duch kelayotgan to‘siqlarni bartaraf etish uchun zarur. Lekin, ko‘pgina boshqa mamlakatlar tajribasi ko‘rsatishicha, bunday islohotlar uzoq vaqt sarflanishini talab qiladi. Bu esa o‘z navbatida xalqaro hamjamiyat tomonidan ham uzoq muddatli ko‘makni taqozo qiladi.

Shodiya Toxirova,

Toshkent davlat universiteti  

1-kurs talabasi