Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bolalar hayoti xavfsizligi yuzasidan nazorat tadbirlari o‘tkazildi (+video)
17:26 / 2025-10-09

Bolalarning hayoti va sog‘lig‘ini himoya qilish, ular uchun xavfsiz muhit yaratish har bir jamiyatning ustuvor vazifalaridan biri sanaladi.

Shu bois, Toshkent shahridagi 22-va 30-sonli Mehribonlik uylarida favqulodda holatlar va baxtsiz hodisalar sodir etilishining oldini olish maqsadida nazorat-profilaktik tadbirlar o‘tkazildi.

Tadbir Milliy gvardiya, Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Yashnobod va Chilonzor tumanlari bo‘limlari hamda hamkor tashkilotlar mas’ul xodimlari bilan birgalikda tashkil etildi.

Tadbir davomida muassasalarning yong‘in sezuvchi va xabar beruvchi moslamalari, o‘rnatilgan tashvish tugmasi va qo‘riqlov moslamasi, videokameralar va ob’ekt hududidagi yoritish chiroqlari, oshxona hamda binolarda foydalanilayotgan asbob-uskunalarning texnik soz holatda bo‘lishi uchun amaliy yordam ko‘rsatildi. 

Shuningdek, binolar o‘t o‘chirish vositalari bilan to‘liq ta’minlangani hamda xavfsizlik qoidalari talablariga rioya qilinayotgani ko‘zdan kechirildi. 

Bundan tashqari, soha mutaxassislari bolalarga yong‘in kelib chiqish sabablari, xavfli holatlar va ularning oldini olish choralari bo‘yicha batafsil tushuntirishlar berdi. 

Xususan, sham, yong‘in keltirib chiqaruvchi vositalar bilan o‘ynash xavfli ekani, gaz quvurlari va elektr uskunalari bilan ehtiyotkorlik bilan foydalanish kerakligi, oshxonada yong‘in xavfsizligiga e’tibor berish zarurligi borasida batafsil ma’lumot berildi.

Shuningdek, bolalarga yanada yaxshiroq tushuntirish uchun ularga videofilm va roliklar orqali zilzila vaqtida to‘g‘ri harakatlanish, yong‘in xavfsizligi va is gazi hamda elektr vositalaridan to‘g‘ri foydalanish bo‘yicha ma’lumotlar berilib, ular bilan ushbu jihatlar bo‘yicha savol-javoblar ham o‘tkazildi. 

Bundan tashqari, favqulodda holatlar sodir bo‘lganda qanday harakatlanish lozimligi bo‘yicha ko‘rgazmali va amaliy mashg‘ulotlar tashkil etildi.

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/2mQ3C6y70os" title="Bolalar hayoti xavfsizligi yuzasidan nazorat tadbirlari o‘tkazildi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Nigora Rahmonova, Ulug‘bek To‘xtayev (montaj), O‘zA