Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bolalar bog‘i rekonstruksiyadan so‘ng foydalanishga topshirildi
11:16 / 2025-06-04

FOTOREPORTAJ

So‘nggi yillarda Andijon shahridagi Bolalar bog‘i ta’mirlashga muhtoj holga kelib qolgan edi. Kuni kecha ushbu bog‘da rekonstruksiya ishlari yakuniga yetkazilib, yoritish tizimi va yo‘laklar yangilanib, hovuz va eski attraksionlar zamonaviysiga almashtirildi. Yangi o‘rindiqlar va qo‘shimcha o‘yingohlar paydo bo‘ldi.  

[gallery-23754]

O‘quvchilarning yozgi ta’til kunlari davom etayotgan shu kunlarda bog‘ foydalanishga topshirildi. Viloyat hokimi Shuhrat Abdurahmonov ochilish marosimida qatnashib, yig‘ilganlari yangi bog‘ foydalanishga topshirilishi bilan qutladi. Ushbu bog‘ xalqimizga uzoq yillar samarali xizmat ko‘rsatishiga tilak bildirdi.

Zuhriddin UMURZOQOV(surat),O‘zA