Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bolalar bog‘chasi zamonaviy qiyofa kasb etdi
08:57 / 2025-05-31

FOTOREPORTAJ

Mamlakatimizda maktabgacha va maktab ta’limi sifatini oshirish, bolalar uchun qulay va zamonaviy shart-sharoitlar yaratish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lib qolmoqda. Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan sohaga katta e’tibor qaratilib, bu borada qator farmon va qarorlar qabul qilinmoqda.

[gallery-23697]

Ana shunday sa’y-harakatlarning amaliy samaralarining biri sifatida Namangan shahrining Sanoat mahallasida joylashgan eski 11-MTT o‘rnida bugun 150 o‘ringa mo‘ljallangan yangi zamonaviy bolalar bog‘chasi qurilib, foydalanishga topshirildi.  

Loyiha uchun 4 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ sarflandi. Natijada, muassasa yangi bino va barcha talablarga javob beradigan zamonaviy jihozlar va ta’lim qurollariga ega bo‘ldi.  

Ochilish marosimida shahar hokimi Anvar Otaxo‘jayev, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Hilola Yusupova, mahalla faollari, nuroniylar va sohaning tegishli vakillari ishtirok etdi.

Hotam MAMADALIEV(surat),O‘zA