FOTOREPORTAJ
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tasarrufidagi Respublika “Barkamol avlod” bolalar maktabida “Madaniyat va san’at”, “Texnika, konstruktorlik va modellashtirish”, “Jismoniy tarbiya va sport”, “Hunarmandchilik va qo‘l mehnati”, “Turizm va ekologiya”, “Oliy ta’lim muassasalari va maktabga tayyorlov” hamda “Xorijiy tillar” yo‘nalishlari bo‘yicha 42 ta to‘garak tashkil etilgan.
Maktabda 1165 nafar o‘quvchi bilim va mahorat oshirmoqda. To‘garak xonalarida mashg‘ulotlarni samarali tashkil etish uchun zarur barcha sharoit yaratilgan. Tarbiyalanuvchilar Qoraqalpog‘iston Respublikasi hamda mamlakat miqyosidagi tanlov va festivallarda muvaffaqiyatli ishtirok etib kelmoqda.
“Barkamol avlod” bolalar maktablarida 2025 yildan boshlab yo‘lga qo‘yilgan “STEAM” yangi ta’lim dasturi bo‘yicha bu yerda ham to‘garaklar faoliyati yo‘lga qo‘yilib, tajriba sifatida maktabdan tashqari ta’limga joriy qilinmoqda.
[gallery-26221]
Shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi bolalar musiqa va san’at maktablari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi, “Hunarmand” uyushmasi bilan hamkorlik asosida ijodiy ko‘rik-tanlovlar, festivallar, o‘quv-mashg‘ulotlari hamda seminar-treninglar tashkil etilmoqda.
Maqsad HABIBULLAEV (surat), O‘zA