Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bolajonlarning quvonchi bir olam
20:46 / 2022-12-29

“Prezident archasi” bayram tomoshalari farg‘onalik bolajonlarga ham bir olam quvonch bag‘ishladi.

Farg‘ona shahridagi teatr-konsert saroyida bo‘lib o‘tgan tantanali tadbirga oilaviy bolalar uylari, Vatan sarhadlarini himoya qilish yo‘lida qurbon bo‘lgan harbiy xizmatchilar farzandlari hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning farzandlari taklif etildi.

Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov jajji bolajonlarni Yangi yil bayrami bilan qutlab, ularga "Prezident sovg‘asi"ni ulashdi.

[gallery-10129]

– Yangi yil bayramini intiqib kutamiz, – deydi Farg‘ona shahridagi 30-maktabning o‘quvchisi Madinabonu Yo‘ldosheva. –Ayniqsa, menga qorbobo va qorqiz juda ham yoqadi.

Teatrlashtirilgan bayram tomoshalari barchaga shodumonlik ulashib, katta taassurot qoldirdi. Shahar va tumanlarda ham ana shunday bayram tadbirlari uyushtirilib, 800 nafardan ziyod o‘g‘il-qizlarga Prezidentimizning bayram tabrigi va sovg‘alari topshirildi.

M.Sulaymonov, M.Qodirov (surat), O‘zA