Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bolajonlarning ilk ustozi
09:05 / 2022-09-30

FOTOREPORTAJ

Ustozlik – ham mashaqqatli ham sharafli kasblardan. Inson zoti borki, o‘qituvchi ko‘magi bilan harf o‘rganib, savod chiqargan. Shu bois ham, barchamiz ilk bor maktabga borgan kunimizni, qo‘limizga qalam tutqazib yozishni, o‘qishni o‘rgatgan ilk ustozimizni unutmaymiz.

Buxorolik Dilrabo Fayzullayeva 23 yildirki ushbu sharafli kasbda mehnat qiladi. 

[gallery-8976]

–Bolaligimdan o‘qituvchi bo‘lishni orzu qilganman, deydi Buxoro shahridagi 29-umumta’lim maktabining boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi D.Fayzullayeva. – Pedagogik faoliyatim davomida shuni angladimki, boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi avvalambor bolalarni sevishi, ularning beg‘ubor qalblariga yo‘l topa olishi kerak. Shu bilan birgalikda bolajonlarning kelajak hayotda o‘z o‘rnini topa olishi uchun mustahkam poydevorni qo‘ya olishi lozim. Buning uchun ustozlar doim zamon bilan hamnafas yashashi katta ahamiyatga ega. Boisi, bugungi kun bolajonlari juda hushyor, juda qiziquvchan. Ular har bir sohada o‘z fikrini aytib, istalgan mavzuga o‘z munosabatini bildira oladi.



Tohir ISTATOV(surat),O‘zA